news

O‘zbekistonda zargarlik ko‘rgazmasi o‘tkaziladi

O‘zbekistonda “UZBEK JEWELLERY FAIR-2020” Birinchi xalqaro zargarlik ko‘rgazmasi o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Birinchi va yagona ixtisoslashtirilgan zargarlik buyumlari ko‘rgazmasi 2020 yil 8-10 may kunlari bo‘lib o‘tadi. Ko‘rgazmaning tematik mazmuni: oltin va kumushdan yasalgan zargarlik buyumlari; brilliant toshli zargarlik buyumlari; qimmatbaho toshlar va qimmatbaho toshli bezaklar; marvarid va marvaridli zargarlik buyumlari; yarim qimmatbaho toshlar va bezaklar; sintetik zargarlik toshlari; bijuteriya; antiqa zargarlik buyumlari, qo‘l soatlar va devor soatlari; zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash uchun asbob-uskunalar va jihozlar; zargarlik buyumlari, gardishlar, aksessuarlar ishlab chiqarish uchun detallar; qadoqlash, futlyarlar; xavfsizlik tizimlari, texnologiyalari va boshqalar. Ko‘rgazmaning biznes dasturi doirasida ko‘rgazma kompaniyalarining taqdimotlari, biznes muzokaralar, zargarlik buyumlari tayyorlanadigan korxonalarga tashriflar va master-klasslar uyushtiriladi. Ko‘rgazmaning maqsadi: yangi ichki tarmoq va xalqaro miqyosda o‘zaro manfaatli aloqalarni o‘rnatish; xorijiy kompaniyalarning texnologiyalari haqidagi yangiliklari va bu borada erishilgan yutuqlari bilan tanishish; zargarlik buyumlari dizaynidagi ko‘p talab etiladigan yo‘nalishlarini o‘zlashtirish; ishlab chiqariladigan mahsulotlar sifati va miqdorini oshirish. Tadbir O‘zbekiston zargarlik sanoati uyushmasining rasmiy ko‘magi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida zargarlik tarmog‘ini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2019 yil 18 maydagi PF-5721-sonli Farmoniga hamda Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 10 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi zargarlik sanoatining zamonaviy uskuna, texnologiyalari va zargarlik buyumlari “UZBEK JEWELLERY FAIR-2020” birinchi xalqaro ko‘rgazma-savdosini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 17-sonli Qarori doirasida tashkil etilmoqda. Manzil: Toshkent sh., “Yoshlar Ijod Saroyi” ko‘rgazma zali. Mo‘ljal: “Mustaqillik Maydoni” metro bekati. Tashkilotchi: “Gilzarexpo” MChJ ko‘rgazma kompaniyasi, tel: +99890 370 08 48, www.uzbekjewellery.uz. Loyiha koordinatori: Esmeral’da Ablyaeva Rasmiy ko‘makdosh: “Uzbekzargarsanoati” uyushmasi. Подробнее: https://uzbektourism.uz/uz/newnews/view?id=1073